Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

«Sen klub afsonasiga abadiy aylanding». «Galatasaroy» Ikardi bilan xayrlashganini e’lon qildi

«Sen klub afsonasiga abadiy aylanding». «Galatasaroy» Ikardi bilan xayrlashganini e’lon qildi

Baho:
+ | -

«Galatasaroy» futbol klubi hujumchi Mauro Ikardining jamoani tark etganini rasman e’lon qildi. Argentinalik forvard 2025/2026 yilgi mavsumda turk klubining sardori edi.

Klub xayrlashuv murojaatida quyidagi so‘zlarni yozdi:

«Aziz Mauro, bugun biz xayrlashuv haqida emas, sen qoldirgan meros haqida gapiryapmiz. Endi sen "Galatasaroy" libosini kiymasang ham, qalbimizdagi o‘rning hech qachon o‘zgarmaydi. Chunki shu yillar davomida har bir "Galatasaroy" muxlisining qalbida sening o‘z taxting bor edi.

Sen urgan gollar, o‘rnatgan rekordlar va boshing uzra ko‘targan sovrinlardan tashqari, "Galatasaroy"ga bo‘lgan muhabbatingni millionlab insonlarga ulashding. Sen endi shunchaki klub tarixiga nomi oltin harflar bilan yozilgan futbolchi emassan — sen "Galatasaroy"ning unutilmas afsonalaridan biriga abadiy aylanding.

Aziz sardor, sen butun bir avlodni "Galatasaroy" muxlisiga aylantirding. Bugun bolalar jamoamizga muxlislik qilishdan faxrlanadi va buningda sening hissang beqiyos.

"Galatasaroy"ning barcha muxlislari biladi: bunday muhabbat hech qachon unutilmaydi».

33 yoshli argentinalik futbolchining turk klubi bilan tuzgan shartnomasi 1 iyul kuni yakunlandi va u erkin agentga aylandi.

Ikardi 2023 yildan buyon «Galatasaroy» safida to‘p surib, jamoa bilan Turkiya chempioni unvonini to‘rt marta qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u mamlakat Kubogi va Superkubogi sohibi ham bo‘ldi.

Forvard «Galatasaroy» safida jami 134 ta uchrashuvda maydonga tushib, 77 ta gol urdi va 25 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 11:48, 16.07.2026.
O'qildi: 804 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик