Argentina terma jamoasi JCH-2026 yarim finalida inglizlarni mag‘lubiyatga uchratib, turnir finaliga yo‘l oldi. Uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi.
Bu o‘yin argentinalik hujumchi Lionel Messi uchun Jahon chempionatlaridagi 33-uchrashuv bo‘ldi. Shu tariqa, 39 yoshli futbolchi o‘ziga tegishli rekordni yangiladi va eng yaqin ta’qibchisi — 27 ta o‘yin o‘tkazgan Krishtianu Ronaldudan yanada oldinlab ketdi.
Argentina terma jamoasi — amaldagi jahon chempioni. Yakshanba kuni, 19 iyul kuni Lionel Skaloni shogirdlari Ispaniyaga qarshi bahsda o‘z unvonini himoya qilishlari kerak.













