Myunxenning «Bavariya» klubi sobiq hujumchisi Tomas Myuller JCH-2026 yarim finali doirasidagi Angliya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi bahsdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Inglizlar birinchi goldan keyin shunday o‘ynashiga ishona olmadim. Raqibga o‘z jarima maydonchasi ichiga qulay pozisiyalardan muntazam ravishda to‘p oshirishlariga nega yo‘l qo‘yib berishganini tushunmayman», — dedi sobiq futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videoda.
Argentina Angliya ustidan 2:1 hisobida irodali g‘alaba qozonib, Jahon chempionati finaliga yo‘l oldi. Hal qiluvchi bahsda Lionel Skaloni shogirdlari Ispaniya milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.













