Yarim himoyachi Mateo Kovachich shu yozda «Manchester Siti»ni tark etishi kutilmoqda.
Mashhur insayder Ekrem Konurning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchining xizmatlariga Milanning «Inter» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Agar bu transfer amalga oshsa, Kovachich o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan jamoaga qaytadi — u 2013 yildan 2015 yilga qadar «neradzurilar» sharafini himoya qilgan. Bundan tashqari, tajribali yarim himoyachiga Bundesliga va Angliya Premyer-ligasining bir qator klublaridan ham takliflar bor.
Ma’lumot uchun, Mateo Kovachich 2023 yilda «Chelsi»dan 29 million yevro evaziga «Manchester Siti»ga o‘tgan edi. Uning «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Ortda qolgan 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi Pep Gvardiola jamoasida deyarli o‘yin amaliyotisiz qoldi va barcha musobaqalarda atigi 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali 32 yoshli Kovachichning transfer bahosini 10 million yevroga baholamoqda.













