"Chelsi" "Real"ga o‘tib ketgan himoyachi Mark Kukurelyaning o‘rniga o‘rinbosar izlamoqda. Bu haqda jurnalist Nizar Kinsella xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "ko‘klar"ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonsoning asosiy maqsadi — "Rayo Valyekano" futbolchisi Pep Chavarriya. Ispaniya klubi rahbariyati "Chelsi"ni o‘z o‘yinchisini faqat shartnomada ko‘rsatilgan tovon puli — 50 mln yevro evaziga qo‘yib yuborishidan ogohlantirdi.
2025/26 yilgi mavsumda Chavarriya Ispaniya klubi safida barcha turnirlarda 44 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta samarali uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.













