«Barselona» prezidenti Joan Laporta jamoaning sobiq yetakchisi Lionel Messini Lamin Yamal bilan taqqosladi. Kataloniya klubi rahbari haqiqiy iqtidorlar koni hisoblangan klub akademiyasi bilan maqtanishni ham unutmadi.
«Messi — o‘tmish va hozirgi kun, Lamin — hozirgi kun va kelajak. Biz «La Masiya» va «Barsa» bilan faxrlanamiz», — deya Laportaning so‘zlarini keltiradi Fabrisio Romano.
Messi va Yamal 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Argentina va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi 2026 yilgi Jahon chempionati finalida bir-birlariga qarshi maydonga tushadilar.













