Ispaniya terma jamoasi yulduzi Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui 2026 yilgi Jahon chempionati finalida Argentinaga qarshi kechadigan bahsda ishtirok etmaydi.
«Men epilepsiya bilan og‘riyman, muntazam ravishda dori-darmon qabul qilishim kerak. Ba’zida xurujlar ro‘y berib turadi. Hayajon tufayli ahvolim keskin yomonlashishi mumkin. Shu sababli uyda qolganim ma’qul. Men muammo keltirib chiqarishim mumkin», — deya Yamalning otasi so‘zlarini keltiradi Heraldo.
Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvi yakshanba, 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19 iyul kuni soat 23:59 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina amaldagi chempion hisoblanadi.













