Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/07 20:00 Navbahor 2-3 OKMK
17/07 20:00 Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor 1-1 Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon
19/07 02:00 Fransiya - Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Totti Italiya terma jamoasining ketma-ket uch marta JCHga chiqa olmagani haqida gapirdi

Totti Italiya terma jamoasining ketma-ket uch marta JCHga chiqa olmagani haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Franchesko Totti milliy jamoaning ketma-ket uchinchi marta Jahon chempionati final bosqichiga chiqa olmagani tasodifmi yoki yo‘q, degan savolga o‘z munosabatini bildirdi.

«Hech narsa tasodifan sodir bo‘lmaydi. Bu yerda tushunmovchiliklar, omadsizlik bo‘ldi, ayrim hollarda esa boshqa ko‘plab terma jamoalardan kuchsizroq ekanimiz ma’lum bo‘ldi. Bunday holatlar yuz berishi mumkin. Ammo Italiya va italiyaliklar bunday narsalarga yo‘l qo‘yib berishlari mumkin emas», — dedi Totti FONtour loyihasining yangi sonida.

Italiya terma jamoasi — Jahon chempionatining to‘rt karra g‘olibi. U so‘nggi bor 2006 yilgi mundialda oltin medalni qo‘lga kiritgan. Shundan so‘ng, milliy jamoa 2010 va 2014 yillarda guruh bosqichidayoq turnirni tark etgan. Keyinchalik esa Italiya 2018, 2022 va 2026 yillardagi Jahon chempionatlariga chiqa olmadi.

Kiritildi: 18:16, 17.07.2026.
O'qildi: 468 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик