Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente vinger Lamin Yamal va himoyachi Pedro Porroning holati haqida fikr bildirdi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, futbolchilar jamoa bilan to‘liq mashg‘ulotlarga qaytishgan.
«Jahon chempionati finali oldidan ham Lamin Yamal, ham Pedro Porroning ahvoli yaxshi. Bugun ular odatiy rejimda mashg‘ulot o‘tkazishdi», — deya de la Fuentening so‘zlarini keltiradi The Touchline.













