Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Pike Luis de la Fuentening Ispaniya terma jamoasini 2010 yilgi chempionlik tarkibi bilan taqqosladi

Pike Luis de la Fuentening Ispaniya terma jamoasini 2010 yilgi chempionlik tarkibi bilan taqqosladi

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jerar Pike «Qizil furiya»ning hozirgi tarkibini 16 yil oldin JARdagi mundialda g‘olib chiqqan avlod bilan qiyosladi.

«Bu jamoalar juda o‘xshash. Ko‘pchilik 2010 yilgi Ispaniyada hozirgisiga qaraganda ko‘proq aura, ko‘proq xarizma bor edi deyishadi, lekin bu 16 yil o‘tib va o‘tmishga nazar tashlab aytilmoqda. Biz 2010 yilgi Jahon chempionatiga kelganimizda favorit emas edik. Ishonchim komilki, Pedri, Lamin, Kubarsi va boshqalardan iborat ushbu terma jamoa ham xuddi shunday yoki undan ham yaxshiroq bo‘ladi, lekin unga vaqt kerak», — deya Jerar Pikening so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda AS nashri.

19 iyul kuni futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionatining Ispaniya — Argentina final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. O‘yin AQSHning Ist-Raterford shahridagi «Metlayf» stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv boshlanishi Toshkent vaqti bilan 00:00ga rejalashtirilgan.

Kiritildi: 15:53, 19.07.2026.
O'qildi: 662 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик