Angliya terma jamoasi 1982 yildan buyon ilk bor jahon chempionati yoki Yevropa chempionatida Fransiyadan ustun keldi.
Tomas Tuxel shogirdlari JCH-2026 turnirining 3-o‘rin uchun kechgan bahsida 6:4 hisobida g‘alaba qozonishdi.
1982 yildan beri Angliya va Fransiya terma jamoalari rasmiy turnirlarda to‘rt bor to‘qnash kelishgan. Jamoalar uch marta Yevropa chempionati guruh bosqichida o‘zaro bahs olib borishgan (ikkita durang va fransiyaliklarning bitta g‘alabasi).
Shuningdek, raqiblar JCH-2022 chorak finalida ham uchrashishgan. O‘shanda fransiyaliklarning qo‘li baland kelgan edi (1:0).
Mazkur davr mobaynida inglizlar Fransiyani uch marta o‘rtoqlik o‘yinlarida mag‘lub etishgan (1992, 1997, 2015 yillar).













