Argentina futbol assosiasiyasi (AFA) terma jamoaning JCH-2026 dan qaytishi munosabati bilan 20 va 21 iyul kunlariga rejalashtirilgan barcha uchrashuvlar to‘xtatilganini e’lon qildi.
Argentina Superkubogi, Primera Nasyonal, Primera C, zaxira jamoalari chempionati, ayollar chempionati, havaskorlar turniri, shuningdek, futzal bo‘yicha barcha musobaqalardagi o‘yinlar qoldirildi.
Yakshanba, 19 iyul kuni Argentina JCH-2026 finalida Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Hal qiluvchi bahs Ist-Raterforddagi (AQSH) «Metlayf-stedium» stadionida Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.













