Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

"Barselona" Xulian Alvaresni sotib olish fikridan qaytmayapti

"Barselona" Xulian Alvaresni sotib olish fikridan qaytmayapti

Baho:
+ | -

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Atletiko Madrid" rahbariyatining rad javoblariga qaramay, argentinalik hujumchi Xulian Alvaresni qo‘lga kiritishga ishonmoqda.

SPORT nashrining xabar berishicha, "kataloniyaliklar" Madrid klubi bosh ijrochi direktori Migel Anxel Xil Marinning futbolchi sotilmasligi haqidagi bayonotlarini yakuniy qaror emas, balki muzokaralar strategiyasining bir qismi sifatida baholamoqda.

Klub sport direktori Deku va bosh murabbiy Xansi Flik 26 yoshli hujumchini Robert Levandovskining o‘rniga eng munosib nomzod deb hisoblamoqda va ushbu transferni ustuvor vazifa sifatida ko‘rmoqda. Xansi Flik argentinalik futbolchi Lamin Yamal bilan birgalikda jamoaning uzoq muddatli asosiy hujumchisiga aylanishi mumkinligiga ishonchi komil.

Qayd etilishicha, "Barselona" futbolchi uchun kimoshdi savdosiga kirishmoqchi emas, biroq vaziyat o‘zgarsa, yaxshilangan taklif bilan chiqishi mumkin. Shuningdek, transferning amalga oshishida Alvaresning o‘zi Madrid klubini tark etish istagini bildirishi hal qiluvchi rol o‘ynashi kutilmoqda.

Kiritildi: 19:33, 19.07.2026.
O'qildi: 1920 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик