Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal 2026 yilgi jahon chempionati finalida Argentinadan 1:0 hisobida ustun kelganidan keyin raqib jamoa sardori Lionel Messiga tasalli berdi.
Uchrashuv AQSHning Ist-Raterford shahridagi «MetLayf» stadionida bo‘lib o‘tdi. Bosh hakam sifatida sloveniyalik Slavko Vinchich ishladi.
Final hushtagi yangragach, 19 yoshli Lamin Yamal ko‘z yoshlarini to‘xtata olmagan 39 yoshli Lionel Messi oldiga borib, uni quchoqlab tasalli berdi.
Bu g‘alaba orqali Lamin Yamal futbol tarixida 19 yoshgacha ham Yevropa chempionati, ham jahon chempionatida g‘olib chiqqan ilk futbolchiga aylandi.
Lionel Messi esa Argentina terma jamoasi bilan jahon chempionligi unvonini himoya qilish va ikki karra jahon chempioniga aylanish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.













