Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

JCH-2026 o‘yinlariga 6,8 million tomoshabin tashrif buyurdi — bu yangi rekord

JCH-2026 o‘yinlariga 6,8 million tomoshabin tashrif buyurdi — bu yangi rekord

Baho:
+ | -

Jahon chempionati finalida Ispaniya terma jamoasi Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, turnir g‘olibiga aylandi. MetLife stadionida bo‘lib o‘tgan final uchrashuviga 80 663 nafar muxlis tashrif buyurdi.

104 ta uchrashuvdan iborat AQSH, Kanada va Meksikadagi chempionat umumiy tomoshabinlar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi.

Avvalgi rekord 1994-yilda AQSHda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida o‘rnatilgan edi. O‘shanda mundial o‘yinlariga jami 3 587 538 nafar muxlis tashrif buyurgandi.

2026-yilgi jahon chempionati bahslarini jami 6 810 966 nafar muxlis bevosita stadiondan tomosha qildi.

Keyingi turnir 2030-yilda Ispaniya, Portugaliya va Marokashda bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Jahon chempionatining yuz yilligini nishonlash uchun dastlabki uchta o‘yin Janubiy Amerika mamlakatlari — Urugvay, Argentina va Paragvayda bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:48, 20.07.2026.
O'qildi: 390 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик