Ispaniya terma jamoasi va Madridning «Atletiko» klubi chap qanot himoyachisi Alexandro Grimaldo jahon chempionatidagi g‘alabadan keyingi o‘z maqsadini aytdi.
«Matraschilar»ning yangi a’zosi «qizil furiya» safida maydonga tushmasdan turib, JCH-2026 g‘olibiga aylandi. Yakshanba kuni Luis de la Fuente jamoasi finalda Argentinani mag‘lub etdi (1:0).
«Evropa va jahon chempionatida g‘olib chiqqanimdan keyingi maqsadim nima? «Atletiko» bilan Chempionlar ligasini yutishni xohlayman. Men ambisiyaliman va buni juda ham istayman», — deya 30 yoshli futbolchining so‘zlarini keltiradi Cadena SER.
Alexandro Grimaldo joriy transfer oynasida Leverkuzenning «Bayer» klubidan «Atletiko»ga ko‘chib o‘tgan edi. Futbolchining madridliklar bilan tuzgan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.













