AQSH prezidenti Donald Tramp 2026 yilgi jahon chempionati yakunlanganidan keyin o‘z fikrlarini bildirdi. Nufuzli turnir 11 iyundan 19 iyulga qadar Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tdi.
«Menimcha, bu juda ajoyib bo‘ldi. Turnir FIFAning har qanday boshqa voqeasidan bir necha barobar miqyosliroq chiqdi. Mamlakatim va bajarilgan ishlardan juda faxrlanaman. Bu futbol tarixida o‘tkazilgan eng buyuk voqealardan biri bo‘ldi. Odamlarga yoqqanidan xursandman», — dedi Tramp.
Mundial finalida Ispaniya va Argentina jamoalari o‘zaro maydonga tushdi. Luis de la Fuente shogirdlari 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bronza medallarini esa Angliya terma jamoasi qo‘lga kiritdi.













