Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor 0-1 Surxon
04/09 19:00 Navbahor 1-1 Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf 6-2 Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor 3-0 Andijon
04/09 23:45 Jenoa - Komo
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina - Torino
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:00 Inter - Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
05/09 23:45 Roma - Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo

Messi, Mbappe, Xoland – Opta talqini bo‘yicha JCH-2026 ramziy terma jamoasida

Messi, Mbappe, Xoland – Opta talqini bo‘yicha JCH-2026 ramziy terma jamoasida

Baho:
+ | -

Opta Sports tahliliy kompaniyasi 2026 yilgi Jahon chempionatining ramziy terma jamoasini taqdim etdi.

Ta’kidlanishicha, jamoa Opta Index (asosiy statistik ko‘rsatkichlarni umumlashtiruvchi o‘yinchilarning o‘rtacha reytingi) asosida shakllantirilgan. Shu sababli, masalan, Fransiya terma jamoasi vingeri Maykl Olise yoki Kabo-Verde darvozaboni Vozinya bu tarkibga kirmadi — ularning indeksi raqobatchilarinikidan pastroq bo‘lgan.

Ramziy terma jamoaga kiritilgan futbolchilar ro‘yxati:

Darvozabon:

  • Gregor Kobel (Shveysariya) – qaytarilgan muqarrar gollar bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich sohibi;

Himoyachilar:

  • Pedro Porro (Ispaniya) – 2 ta gol urdi, o‘yin ichidagi uzatmalar bo‘yicha eng yaxshisi (24);

  • Pau Kubarsi (Ispaniya) – himoyachilar orasida aniq uzatmalar bo‘yicha eng yaxshisi (671), ushbu JCHda har bir daqiqa maydonda to‘p surdi;

  • Lisandro Martines (Argentina) – Argentinada uzatmalar va aniq pas berish bo‘yicha eng yaxshisi, o‘z hisobiga «gol+pas» yozdirib qo‘ydi;

  • Mark Kukurelya (Ispaniya) – kanot himoyachilari orasida aniq uzatmalar (382) va maydonning uchinchi qismiga oshirilgan aniq pas (142) bo‘yicha eng yaxshisi;

Yarim himoyachilar:

  • Rodri (Ispaniya) – bitta Jahon chempionatida aniq uzatmalar bo‘yicha rekord o‘rnatdi (756), chiziqlar orasidagi pas (122) va to‘p bilan oldinga harakat qilish (164) bo‘yicha eng yaxshisi;

  • Jud Bellingem (Angliya) – o‘z zarbalarining 37 foizini golga aylantirgan holda yettita gol urdi;

  • Leandro Trossard (Belgiya) – «gol+pas» bo‘yicha 2+2, o‘yin ichidagi zarba berish uchun oshirilgan pas bo‘yicha eng yaxshisi (17);

Hujumchilar:

  • Lionel Messi (Argentina) – turnirning ikkinchi to‘purari (8 gol), zarba berish uchun oshirilgan pas bo‘yicha eng yaxshisi (25);

  • Kilian Mbappe (Fransiya) – turnirning eng yaxshi to‘purari (10 gol) va Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi snayper (22 gol);

  • Erling Xoland (Norvegiya) – turnir davomida to‘pga bor-yo‘g‘i 120 marta teginib, yettita gol urishga erishdi.

Kiritildi: 15:50, 20.07.2026.
O'qildi: 1301 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик