Zlatan Ibragimovich Jahon chempionati davomida Fox Sports studiyasida ishladi va turnir borishini sharhlab bordi. Finaldan so‘ng shvesiyalik sobiq futbolchi boshqa bunday ishlamoqchi emasligini shama qildi.
«Oxirgi bir yarim oy ichida juda ko‘p gapirdim, ammo bu mening oxirgi so‘zlarim bo‘ladi. Aleksi, Anri, Rebekka – tashakkur. Siz bilan ushbu studiyani baham ko‘rish men uchun katta mamnuniyat bo‘ldi. Siz hamma narsani men uchun juda osonlashtirdingiz.
Umid qilamanki, Amerika ham men kabi bundan zavq oldi. Bu mening studiya bilan xayrlashuvim. Men uchun bu birinchi va oxirgi marta bo‘ldi. O‘zingizni ehtiyot qiling», — deya Ibragimovichning so‘zlarini Goal portali keltirmoqda.
JCH-2026 finalida Ispaniya Argentinani mag‘lub etdi.













