Vinisius Junior "Real Madrid" bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara olib borishga shoshilmayapti.
Yaqinda matbuotda braziliyalik va "Qirollik klubi" o‘rtasida deyarli kelishuvga erishilgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Jurnalist Ramon Alvares de Monning so‘zlariga ko‘ra, futbolchiga yaqin odamlar yolg‘on ma’lumotlarning tarqalishidan norozi. 26 yoshli futbolchining vakillari "qaymoqranglilar" yanada qulayroq shartlarni taklif qilmaguncha "Real Madrid" bilan har qanday muzokaralar olib borishdan bosh tortishdi.
Vinisiusning amaldagi shartnomasi kelasi yilning o‘rtalarida tugaydi. O‘tgan mavsumda qanot himoyachisi Madrid klubi safida 53 ta o‘yinda 22 ta gol urgan va 14 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













