Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro 1-0 Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor 2-1 Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona 1-5 Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

«Arsenal» va «Nyukasl» Gimaraes transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi

«Arsenal» va «Nyukasl» Gimaraes transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Baho:
+ | -

«Nyukasl» yarim himoyachisi Brunu Gimaraes faoliyatini «Arsenal»da davom ettirishni istamoqda. The Sun xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi klubni tark etish istagini «hakkalar» rahbariyatiga ma’lum qilgan, shundan so‘ng londonliklar uning transferi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni boshlashgan.

Bungacha tomonlar vositachilar orqali aloqada bo‘lib turishgan edi, chunki «Nyukasl» o‘z yetakchi futbolchilaridan birini sotishni rejalashtirmagandi. «Arsenal» 28 yoshli xavbek uchun 70 million yevro atrofida taklif qilishga tayyor, «hakkalar» esa bundan kattaroq summa olishni ko‘zlamoqda.

«Arsenal» Morgan Rojers uchun kurashda «Chelsi»ga imkoniyatni boy berganidan so‘ng, Gimaraesga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi.

Gimaraes 2022 yildan beri «Nyukasl» sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda u 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 17:44, 21.07.2026.
O'qildi: 602 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик