Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro 1-0 Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor 2-1 Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona 1-5 Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Modrich Ispaniyaga qarshi o‘yindan so‘ng Xorvatiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkin

Modrich Ispaniyaga qarshi o‘yindan so‘ng Xorvatiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkin

Baho:
+ | -

Luka Modrich Xorvatiya terma jamoasidagi oxirgi o‘yinini 6 oktyabr kuni Splitda Ispaniyaga qarshi o‘tkazishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 40 yoshli yarim himoyachi o‘z qarori haqida murabbiy Slaven Bilichga ma’lum qilib bo‘lgan. Millatlar ligasining oktyabr oyidagi sikli yakunlangach, Modrich bor e’tiborini «Milan»dagi ishtirokiga qaratmoqchi.

Manbaning ta’kidlashicha, Modrich faoliyatini yuqori kayfiyatda yakunlashni istaydi va oxirgi xotiralar «Milan»ning muvaffaqiyatsizliklari hamda Jahon chempionatida Xorvatiyaning Portugaliyadan uchragan mag‘lubiyati bilan bog‘liq bo‘lib qolishini xohlamaydi.

Xorvatiya terma jamoasi safida Modrich 202 ta o‘yin o‘tkazib, 29 ta gol urgan, JCH-2018 kumush va JCH-2022 bronza medallarini qo‘lga kiritgan. 2018 yilda u «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan va jahon chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi deb tan olingan edi.

Kiritildi: 17:45, 21.07.2026.
O'qildi: 1018 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик