Murabbiylar Marselo Galyardo va Diyego Simeone Lionel Skaloni lavozimini tark etgan taqdirda Argentina terma jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlar hisoblanadi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Lionel Skalonining Argentina futbol assosiasiyasi (AFA) bilan tuzgan shartnomasi 2026 yil oxirigacha amal qiladi. Agar u shartnoma muddati tugashidan avval milliy jamoani tark etsa, yuqoridagi mutaxassislardan biri uning o‘rnini egallashi mumkin.
Ayni paytda Marselo Galyardo klubsiz bo‘lsa, Diyego Simeone Ispaniyaning «Atletiko» (Madrid) klubini boshqarmoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, Argentina futbol assosiasiyasi uchun eng ustuvor nomzod aynan Diyego Simeone hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Skaloni boshchiligida Argentina terma jamoasi 2022 yilda jahon chempionligini qo‘lga kiritdi, ikki marta Amerika kubogida g‘olib chiqdi hamda Finalissima bahsida ham zafar quchdi.













