Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Fil Foden: «Ushbu libosni kiyish — men uchun katta sharaf»

Fil Foden: «Ushbu libosni kiyish — men uchun katta sharaf»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» futbolchisi Fil Foden klub bilan yangi shartnoma imzolanganiga izoh berdi.

22 iyul kuni «shaharliklar» futbolchi bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan mehnat shartnomasi tuzilganini rasman e’lon qilishdi.

«Kelajagimni «Manchester Siti» bilan bog‘laganimdan juda mamnunman va bu men uchun katta sharaf. Ushbu klubda o‘ynash — orzu qilgan yagona narsam edi. Bu libosni kiyish — men uchun faxr. Menga ishonishda va suyanishda davom etayotgan klubga, xodimlarga va jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman. Enso Mareska bilan yana birga ishlash imkoniyatini intiqlik bilan kutyapman», — dedi Foden.

Foden 2017 yildan beri jamoa sharafini himoya qilib kelmoqda. 26 yoshli yarim himoyachi klub safida jami 369 ta o‘yinda maydonga tushib, 110 ta gol urgan va 68 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 17:37, 22.07.2026.
O'qildi: 999 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик