Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Italiyada sport jurnalisti shafqatsizlarcha o‘ldirib ketildi

Italiyada sport jurnalisti shafqatsizlarcha o‘ldirib ketildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Italiyada sport jurnalisti Luka Espozito shafqatsizlarcha o‘ldirildi.

18 iyuldan 19 iyulga o‘tar kechasi Eboli atrofidagi qishloq joyida sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirishga kelgan o‘t o‘chiruvchilar 53 yoshli jurnalistning kuyib ketgan jasadini topdilar.

Rai xabariga ko‘ra, Espozito halok bo‘lgan joydan bir nechta gilza topilgan, biroq keyingi yorib ko‘rish jarayonida o‘q otar quroldan yetkazilgan jarohat belgilari aniqlanmagan. Tergovning taxmin qilishicha, jurnalist shafqatsizlarcha kaltaklangan, natijada uning bir nechta suyaklari singan va shundan so‘ng unga o‘t qo‘yib yuborilgan. Marhumning shaxsini faqat hodisa joyi yaqinida to‘xtatilgan va Espozito nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan avtomobil tufayli aniqlashga erishildi.

Hozirda tergov jinoyat qurolini qidirmoqda, shuningdek, yo‘ldagi kameralar yozuvlarini to‘plagan holda, Espozito avtomobilining qotillik sodir bo‘lgan joygacha bo‘lgan yo‘nalishini aniqlamoqda. Yo‘nalishning bir qismida kuzatuv kameralari yo‘qligi qayd etilgan. Bundan tashqari, polisiya jurnalistning kasbiy faoliyati va shaxsiy hayoti tafsilotlarini qayta tiklagan holda, qotillikning ehtimoliy motivlarini aniqlashga harakat qilmoqda.

Kiritildi: 17:41, 22.07.2026.
O'qildi: 916 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик