Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

«Yuventus» Loi Opendaning transferini keyinga qoldirdi

«Yuventus» Loi Opendaning transferini keyinga qoldirdi

Baho:
+ | -

«Yuventus» shu yozda Loi Opendani qo‘yib yuborishga tayyor, ammo jamoaga tarkibdagi kadrlar muammosi xalaqit bermoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchi Luchano Spallettining uzoq muddatli rejalariga kirmaydi. O‘yinchiga bir nechta klublar, jumladan «Lion» va «Lans» qiziqish bildirmoqda. Avvalroq da’vogarlar orasida «Monako», «Renn» va Angliyaning «Koventri» klublari ham tilga olingan edi.

«Yuventus» rahbariyati hozircha hujumchining ketishiga ruxsat berishga tayyor emas. Dushan Vlaxovich erkin agent sifatida ketganidan so‘ng Spalletti ixtiyorida faqat bir nechta hujumchi qoldi: Djonatan Devid, Arkadiush Milik, Openda va yangi kelgan Jeff Exator.

Exator mavsumoldi ilk o‘rtoqlik o‘yinida jarohat oldi, Devid esa JCH-2026 ishtirokidan so‘ng hamon ta’tilda. Turin klubi xaridorlar tayyor bo‘lishiga qaramay, belgiyalik futbolchining ehtimoliy transferini kamida bir haftaga surishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 13:51, 23.07.2026.
O'qildi: 468 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик