Londonning «Arsenal» klubi va Germaniya terma jamoasi sobiq himoyachisi Per Mertezaker Germaniya Futbol Ittifoqida (DFB) sport bo‘yicha bosh direktor bo‘lishi mumkin, xabar beradi Sky Sport Germany.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Germaniya Futbol Ittifoqi Mertezaker bilan ushbu lavozim bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Ko‘zlanishicha, u yil oxirida o‘z lavozimini tark etadigan Andreas Rettigning o‘rnini egallaydi. Mertezaker DFB’ga qo‘shilishga va terma jamoaning yangi bosh murabbiyi Yurgen Klopp bilan bir jamoada ishlashga tayyorligini bildirgan.
Per Mertezaker futbolchilik faoliyatini 2018 yilda yakunlagan. Faoliyati davomida u nafaqat «Arsenal», balki «Gannover» va «Verder» klublarida ham to‘p surgan. Germaniya terma jamoasi safida himoyachi 104 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urgan va 2014 yilda jahon chempioni bo‘lgan.













