Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Robertson klub afsonasiga bo‘lgan hurmati sababli «Tottenxem»da sevimli raqamidan voz kechdi

Robertson klub afsonasiga bo‘lgan hurmati sababli «Tottenxem»da sevimli raqamidan voz kechdi

Baho:
+ | -

Joriy mavsumlararo tanaffusda «Tottenxem»ga o‘tgan himoyachi Endryu Robertson «shporlar»ning sobiq futbolchisi Ledli Kingga bo‘lgan hurmati sababli o‘zining an’anaviy 26-raqamidan voz kechganini tushuntirdi.

King 2012 yilda «Tottenxem»da ushbu raqam ostida to‘p surgan oxirgi o‘yinchi bo‘lgan edi. Robertson «Tottenxem»da uchinchi raqam ostida harakat qiladi — u Shotlandiya terma jamoasida ham aynan shu raqamda o‘ynaydi.

«Albatta, men «Xall»da ham, «Liverpul»da ham 26-raqamni kiyganman, lekin bu yerga kelganimda 26-raqam afsonaviy Ledli King davridan beri ishlatilmaganini bilardim. Men bu pozisiyani hurmat qilaman. U ajoyib o‘yinchi bo‘lgan va ushbu futbol klubi uchun juda ko‘p yaxshiliklar qilgan.

Uchinchi raqam men uchun juda katta ahamiyatga ega — bu milliy terma jamoadagi raqamim. Shotlandiya terma jamoasidagi "3" raqami bilan bog‘liq juda ko‘p yoqimli xotiralarim bor, shuning uchun bu raqam bo‘sh ekanini bilganimda bir soniya ham ikkilanmadim.

26-raqam men uchun juda muhim va umrimning oxirigacha shunday bo‘lib qoladi, ammo uchinchi raqam ham undan kam ahamiyatga ega emas. Umid qilamanki, bu raqam bilan ham 26-raqamdagidek ko‘plab ajoyib xotiralarni yarata olaman», — dedi Robertson klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Kiritildi: 20:13, 23.07.2026.
O'qildi: 892 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик