Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

15 yoshli futbolchi «Manchester Yunayted»ning qaydnomasidan joy oldi

15 yoshli futbolchi «Manchester Yunayted»ning qaydnomasidan joy oldi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» 15 yoshli vinger Jey-Jey Gabrielni «Rusenborg»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini qaydnomasiga kiritdi. Yosh futbolchi Maykl Karrik boshchiligidagi asosiy jamoa bilan birga Norvegiyaga yo‘l oldi.

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, Gabriel Angliyaning yuniorlar o‘rtasidagi chempionatida eng yaxshi futbolchi hamda «Manchester Yunayted» akademiyasining 18 yoshgacha bo‘lgan toifasidagi eng yaxshi o‘yinchisi sovrinlarini qo‘lga kiritdi. Futbolchi barcha musobaqalarda maydonga tushgan 32 ta o‘yinda 29 ta gol urishga erishdi.

Agar futbolchi «Rusenborg»ga qarshi o‘yinda maydonga tushsa, u «Manchester Yunayted» tarixidagi eng yosh o‘yinchilardan biriga aylanishi mumkin. Klub rekordi 16 yoshu 19 kunligida debyut qilgan Devid Gaskellga tegishli.

Kiritildi: 07:54, 24.07.2026.
O'qildi: 1217 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик