Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Adeyemi: «Messi — men ko‘rgan eng yaxshi futbolchi»

Adeyemi: «Messi — men ko‘rgan eng yaxshi futbolchi»

Baho:
+ | -

Hujumchi Karim Adeyemi Dortmundning «Borussiya» klubidan «Barselona»ga o‘tganidan so‘ng ilgari Kataloniya klubi sharafini himoya qilgan Lionel Messining mahoratiga yuqori baho berdi.

«Men ko‘rgan eng yaxshi futbolchi — bu Messi. Men uchun har doim Messi shunday bo‘lib qolgan. Ammo Ronaldinyo o‘yinini kuzatish ham ajoyib edi. Shuningdek, ushbu klub sharafini himoya qilgan boshqa buyuk o‘yinchilar ham bo‘lgan. Men Yamalni shaxsan tanimayman, ammo uning maydondagi o‘yini hammasini aytib turibdi. U ajoyib futbolchi, futbol o‘ynash uchun kerak bo‘lgan barcha sifatlarga ega. Menimcha, o‘rtamizda juda yaxshi tushunish hosil bo‘lishi mumkin, chunki u ajoyib to‘purar va dribling ustasi. Shu bilan birga, u boshqalar uchun ham imkoniyatlar yaratadi, menga esa aynan shu kerak. Men uzatmani qabul qilish uchun ichkaridan oldinga yorib kiradigan o‘yinchiman va bu sifatim bilan juda muhim rol o‘ynashim mumkin», — deydi Adeyemi Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

Germaniya chempionatining 2025/2026 yilgi mavsumida 24 yoshli Karim Adeyemi 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:42, 24.07.2026.
O'qildi: 514 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик