Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

«Atletiko» Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

«Atletiko» Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi angliyalik vinger Jeydon Sanchoni transfer qilishga qiziqish bildirmoqda. Bild nashrining xabar berishicha, Ispaniya klubi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va angliyalik futbolchini hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun potensial nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda, ammo hozircha o‘yinchining agentlariga rasmiy taklif bilan chiqqani yo‘q.

Iyul oyi boshida «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi yakunlangach, Sancho erkin agent maqomida bo‘lib turibdi va yangi klub bilan tovon pulisiz shartnoma imzolashi mumkin. 26 yoshli futbolchini ortga qaytarishga Dortmundning «Borussiya» klubi ham qiziqmoqda.

Germaniyaliklar Sancho agar maoshining sezilarli darajada kamayishiga rozi bo‘lsa, u bilan shartnoma tuzishga tayyor. Uning asosiy maoshi taxminan 5 million yevroni tashkil etishi kutilmoqda. Bundan tashqari, «Borussiya» ko‘proq natijalarga bog‘liq bo‘lgan kontrakt taklif qilmoqchi. Angliyalik futbolchi tekinga tushishiga qaramay, klub rahbariyati unga imzo bonusi to‘lashga tayyor emas.

Kiritildi: 17:30, 24.07.2026.
O'qildi: 718 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик