Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Leandro Paredes 2026 yilgi Jahon chempionatida qovurg‘asi singan holda o‘ynagani haqidagi ma’lumotlarga munosabat bildirdi. Bu haqda Bolavip nashri xabar berib, aynan ushbu jarohat «Zenit»ning sobiq futbolchisiga Ispaniyaga qarshi final uchrashuvida (0:1) ilk daqiqalardan maydonga tushishga xalaqit berganini ta’kidlagan edi.
«Jahon chempionatining dastlabki kunlari juda og‘ir kechdi, chunki qovurg‘amda kichik yoriq bor edi, lekin hech qisi yo‘q, hozir o‘zimni yaxshiroq his qilyapman. Bu turnirning ilk kunlarida sodir bo‘ldi, Misrga qarshi o‘yindan so‘ng yallig‘lanishga qarshi dorilar va shunga o‘xshash vositalar bilan davolandim. Musobaqada imkon qadar uzoqroq chidash uchun shunga majbur edim, xayriyatki, hammasi u darajada yomon kechmadi», — deydi Paredesning so‘zlarini keltirgan Ole nashri.













