Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor

Endrik o‘g‘liga Kendrik deb ism qo‘yadi. Tarmoqda ushbu noodatiy ismga allaqachon izoh topishdi

Endrik o‘g‘liga Kendrik deb ism qo‘yadi. Tarmoqda ushbu noodatiy ismga allaqachon izoh topishdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Endrik turmush o‘rtog‘i, bloger Gabrieli Miranda bilan birgalikda San-Pauluda ilk farzandlari dunyoga kelishi oldidan bayram tashkil etishdi. Tadbir davomida bo‘lajak ota-ona ilk bor o‘g‘illarining ismini oshkor qilishdi.

Juftlikning 120 ga yaqin qarindoshlari va do‘stlari tashrif buyurgan bayramda mehmonlar e’tiborini go‘dakning ismi tushirilgan bezak lavhasi tortib oldi — Kendrik. Aynan shu detal ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p muhokama qilingan mavzulardan biriga aylandi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu ism tanlovi amerikalik mashhur reper Kendrik Lamar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishdi. Ba’zilar bu qarorni original deb atashgan bo‘lsa, boshqalar hazil aralash bola «allaqachon sahna taxallusi bilan tug‘iladi» deb izoh qoldirishdi. Endrik va Gabrielining o‘zlari esa nima uchun aynan ushbu variantda to‘xtalishganiga izoh berishmadi.

Gabrieli Mirandaning homiladorligi haqida joriy yilning aprel oyida ma’lum bo‘lgan edi. O‘shanda er-xotin birinchi farzandlarini kutishayotganini e’lon qilishgan, keyinroq esa o‘g‘il farzand kutishayotganini aniqlashgan edi. Endi esa juftlik uning ismini ham rasman tasdiqladi.

Kiritildi: 19:24, 24.07.2026.
O'qildi: 683 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик