MLS matbuot xizmati so‘nggi turlar yakunlariga ko‘ra ramziy terma jamoani e’lon qildi.
11 nafar futbolchidan iborat ro‘yxatga «Orlando Siti»ning yangi a’zosi, Fransiya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni Antuan Grizmann, shuningdek, yulduz forvardlar Luis Suares («Inter Mayami») hamda Son Xin Min («Los-Andjeles») kiritildi.
MLS tur ramziy terma jamoasi:
-
Darvozabon: Maksim Krepo («Orlando Siti»);
-
Himoyachilar: Kay Vagner («Filadelfiya Yunion»), Loik Uilyams («Kolorado Repidz»), David Brekalo («Orlando Siti»);
-
Yarim himoyachilar va vingerlar: Antuan Grizmann («Orlando Siti»), Marsel Xartel («Sent-Luis Siti»), Eduard Atuesta («Orlando Siti»), Pavel Buxa («Sinsinnati»);
-
Hujumchilar: Luis Suares («Inter Mayami»), Kevin Kelsi («Portlend Timbers»), Son Xin Min («Los-Andjeles»).













