Madridning «Real» klubi vingeri Vinisius Junior so‘nggi haftalarda «qaymoqranglilar»ning «Atletiko» forvardi Xulian Alvares va «Bavariya» hujumchisi Maykl Olisega bildirgan qiziqishi sababli o‘zini qadrsizlangandek his qildi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, braziliyalik vingerning yuqori darajadagi o‘yiniga qaramay, «qirollik klubi» avvaliga yarim himoyachi Jud Bellingemni, so‘ngra forvard Kilian Mbappeni xarid qildi. Bu esa Vinisiusda ikkinchi planga o‘tib qolgandek taassurot uyg‘otgan. Shu bilan birga, «Real» 26 yoshli futbolchini hamon jamoaning muhim a’zosi deb hisoblaydi. Vinisius esa Ispaniya giganti «Leypsig» vingeri Yan Diomandeni sotib olgan taqdirda ham aynan shunday muhim o‘rinni saqlab qolishni istamoqda.
Vinisius va «Real» hamkorlikni davom ettirishni xohlashmoqda, ammo 2027 yilning yozida yakuniga yetadigan shartnomani uzaytirish shartlari bo‘yicha kelisha olishmayapti. Hujumchi yangi kelishuvga ko‘ra yiliga 20 million yevro maosh talab qilmoqda.













