Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor 0-1 Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf - Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm - Surxon
28/07 20:00 Neftchi - Navbahor

Kamoliddin Tojiyev: «Ko‘plab imkoniyatlarni ko‘kka sovurdik, shu sababli o‘yin oxiri yana asabiy kechdi»

Kamoliddin Tojiyev: «Ko‘plab imkoniyatlarni ko‘kka sovurdik, shu sababli o‘yin oxiri yana asabiy kechdi»

Baho:
+ | -

Toshkent derbisidan so‘ng "Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida qatnashdi.

Tojiyev: - Bahsni yaxshi boshladik, ilk daqiqadayoq juda qulay vaziyatdan foydalana olmadik. Ko‘plab imkoniyatlarni ko‘kka sovurdik. Shu sababli o‘yin oxiri yana asabiy kechdi. Kamchiliklar ustida ishlayapmiz. Mashg‘ulotlarda buni yigitlarga ko‘rsatyapmiz. Vaziyatlar yetarlicha bor, ulardan aniq foydalansak bas. Keyingi uchrashuvlarda ijobiy o‘zgarishlar qilishga intilamiz. Uzoq muddatli tanaffusdan keyin ruhan tiklanishimiz qiyin kechmoqda. Buni tuzatishga urinamiz.

Tez orada yana bir hujumchi bilan shartnoma imzolashimiz kutilmoqda. Bu bizga yordam beradi deb o‘ylayman.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 00:37, 27.07.2026.
O'qildi: 981 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик