Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

Uill Still «Oser»ni tanlaganining asl sababini tushuntirdi

Uill Still «Oser»ni tanlaganining asl sababini tushuntirdi

Baho:
+ | -

«Oser» bosh murabbiyi Uill Still tezkor muvaffaqiyat ortidan quvishdan ko‘ra, uzoq muddatli loyiha barpo etishni istagani uchun Liga 1 klubini tanlaganini aytdi.

L'Equipe nashriga bergan intervyusida 33 yoshli mutaxassis ushbu tayinlov uning faoliyatidagi qaror qabul qilish yondashuvi o‘zgarganini anglatishini ta’kidladi.

«Menga ertagayoq Yevrokuboklarda o‘ynash yoki chempion bo‘lish shart emas», — dedi Still. U shuningdek, avvalroq «Sanderlend», «Lans» va «Sautgempton»dagi imkoniyatlar shoshma-shosharlik ortidan yuzaga kelganini aytib, shunday qo‘shimcha qildi: «Birinchi marta o‘zingga hamma narsani yaxshilab o‘ylab ko‘rishing kerakligini aytasan. Men biror mustahkam narsa qurmoqchi edim».

O‘tgan mavsumda «Oser» Liga 1 da 15-o‘rinni egallaganidan so‘ng, Still iyun oyida klub bilan yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Hozirda u Burgundiya jamoasini 2026/2027 yilgi mavsumga tayyorlamoqda.

 

Kiritildi: 19:08, 27.07.2026.
O'qildi: 694 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик