Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/07 20:00 Andijon 2-0 Buxoro
27/07 20:00 OKMK 2-1 Mash’al
27/07 20:00 Lokomotiv 3-1 So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf 0-0 Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm 1-0 Surxon
28/07 20:00 Neftchi - Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

«Arsenal» Gimaraes bo‘yicha transferda ilgarilamoqda

«Arsenal» Gimaraes bo‘yicha transferda ilgarilamoqda

Baho:
+ | -

talkSPORT nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, «Arsenal» «Nyukasl Yunayted» yarim himoyachisi Bruno Gimaraynsni sotib olish bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, tomonlar qiymati 75 million funt-sterlingdan oshadigan og‘zaki kelishuvga erishishda sezilarli ilgarilashga erishgan. Shaxsiy shartlar borasida kelishib olinganiga qaramay, «Nyukasl» rahbariyati klublar o‘rtasida hali rasmiy murojaat bo‘lmaganini ta’kidlashda davom etmoqda.

Qayd etilishicha, muzokaralar vositachilar (vositachi agentlar) orqali muvaffaqiyatli davom etmoqda va «Arsenal» Braziliya terma jamoasi a’zosini shu yozdagi yarim himoya uchun asosiy transfer nishoni sifatida belgilab olgan.

«Nyukasl» o‘z sardorini qo‘ldan boy berishni aslo xohlamayapti, biroq muhokamalar davom etayotgan bir paytda futbolchiga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotganini yaxshi anglab turibdi.

28 yoshli Gimaraesning «qarg‘alar» bilan amaldagi shartnomasi tugashiga yana ikki yil bor. U 2022 yilda «Lion»dan ko‘chib o‘tganidan beri Premyer-liganing eng yorqin yarim himoyachilaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda va ham «Nyukasl», ham Braziliya terma jamoasining maydondagi asosiy figuralaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Kiritildi: 17:00, 28.07.2026.
O'qildi: 533 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик