Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yevropa futbol assosiasiyalari Jahon chempionatini boykot qilmoqchi

Yevropa futbol assosiasiyalari Jahon chempionatini boykot qilmoqchi

Baho:
+1 | -

Yevropa futbol assosiasiyalari FIFAning Jahon chempionati huquqlarining bir qismini tashqi investorlarga sotish rejalari dan norozi bo‘lmoqda.

Sky News xabariga ko‘ra, assosiasiyalar shu hafta favqulodda yig‘ilish o‘tkazish niyatida. Agar FIFA prezidenti Janni Infantino o‘z rejasini amalga oshirishda davom etsa, ular Jahon chempionatini boykot qilish imkoniyatini muhokama qiladilar.

"Bu futbol boshqaruv organlari hech qachon kesib o‘tmasligi kerak bo‘lgan qizil chiziq. UYEFA bunga juda jiddiy yondashadi. Barcha milliy futbol assosiasiyalari ham shunday qilishi kerak. Barcha manfaatdor tomonlar: ligalar, klublar, o‘yinchilar, muxlislar, hukumatlar va futbol kelajagi haqida qayg‘uradigan har bir kishi shunday qilishi kerak. Hech birimiz futbolga egalik qilmaymiz. FIFAning uni sotishga haqqi yo‘q", deyiladi UYEFA bayonotida.

Sky News jurnalisti Rob Harrisning so‘zlariga ko‘ra, Jahon chempionati huquqlarining bir qismini tashqi investorlarga sotish rejasi 2026-yilgi Jahon chempionatidan oldin futbol assosiasiyalari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda muhokama qilinmagandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:44, 29.07.2026.
O'qildi: 957 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик