Turkiyaning "Beshiktosh" va Daniyaning "Midtyullann" jamoalari o‘rtasidagi 2026/2027 yilgi UYEFA Yevropa Ligasi ikkinchi saralash bosqichining ikkinchi o‘yini yakunlandi. Jamoalar "MSX Arena" (Xerning, Daniya) stadionida o‘ynashdi. Istanbul jamoasi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
53-daqiqada "Midtyullann" himoyachisi Martin Erlich ikkita sariq kartochka uchun maydondan chetlatildi. 70-daqiqada qanot himoyachisi Milot Rashisa "Beshiktosh"ga ustunlik berdi. 76-daqiqada turkiyalik yarim himoyachi Orkun Ko‘kchu penaltidan gol urib, hisobni 2:0 ko‘rinisha keltirdi.
Klublar o‘rtasidagi birinchi o‘yin bir hafta oldin, 23 iyul kuni bo‘lib o‘tdi. o‘sha bellashuvda "Beshiktosh" g‘alabani qozongandi. Istanbul jamoasi ikkinchi eng muhim Yevropa kubogi turniriga saralashning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.
Yevropa Ligasi. 2-saralash bosqichi
30 iyul 2026, soat 22:00
"Midtyullann" - "Beshiktosh" 0:2
Gollar: 0:1 Rashisa – 70' 0:2 Kyokchyu – 76'.
Chetlatish: Erlich – 53.













