Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/08 19:30 Navbahor 5-1 Xorazm
02/08 20:00 Mash’al 1-3 So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum 3-0 Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 0-1 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Tonali: «Italiyaga qaytmoqchi edim, ammo moliyaviy sabablarga ko‘ra buning iloji bo‘lmadi»

Tonali: «Italiyaga qaytmoqchi edim, ammo moliyaviy sabablarga ko‘ra buning iloji bo‘lmadi»

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Sandro Tonali «Nyukasl»dan «Tottenxem»ga o‘tish qaroriga nima turtki bo‘lganini so‘zlab berdi. Futbolchining ta’kidlashicha, ushbu variant uning faoliyati uchun ham, oilasining baxti uchun ham eng maqbul yechim bo‘lgan.

BBC nashriga bergan intervyusida Tonali yangi klub tanlashdan oldin ikkita jamoa bilan muzokara olib borganini tan oldi. Biroq «Tottenxem» vakillari va bosh murabbiy Roberto De Dzerbi bilan ilk muloqotdanoq faoliyatini qayerda davom ettirishini tushunib yetgan.

«Klub bilan gaplashganingizda birinchi taassurot juda muhim va mendagi taassurot o‘ta ijobiy bo‘ldi. 10 daqiqalik muloqotdan so‘ng o‘zingizni baxtli his qilsangiz, demak, hammasi mukammal kechmoqda».

Italiyalik futbolchi dastlab oilasi bilan vataniga qaytishni rejalashtirganini, ammo bu variant moliyaviy sabablarga ko‘ra amalga oshmaganini ochiqladi:

«Oilam bilan Italiyaga qaytishga qaror qilgandik, ammo transfer summasi sababli buning iloji bo‘lmadi. Klublar menga maosh to‘lay olishardi, lekin «Nyukasl» so‘ragan transfer summasini (100 mln funt sterling) to‘lashga qurbilari yetmasdi. Shu sababli Angliyada qolish biz uchun yagona yechimga aylandi, Angliyadagi eng yaxshi variant esa «Tottenxem» bo‘lib chiqdi. Bor-yo‘g‘i 10–15 daqiqa ichida bu mening keyingi jamoam bo‘lishini anglab yetdim».

Kiritildi: 19:40, 31.07.2026.
O'qildi: 1021 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик