Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/08 19:30 Navbahor 5-1 Xorazm
02/08 20:00 Mash’al 1-3 So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum 3-0 Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

«Bayer» «Napoli»dan Gutyerresni sotib olishga yaqin turibdi

«Bayer» «Napoli»dan Gutyerresni sotib olishga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

«Bayer» himoyachi Migel Gutyerres transferi bo‘yicha «Napoli» bilan muzokaralarning yakuniy bosqichida turibdi. Bu haqda Football Italia nashri xabar beradi.

Manbaning xabariga ko‘ra, Leverkuzen klubi 25 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun taxminan 25 million yevro va qo‘shimcha bonuslar to‘lashga tayyor. Dastlab neapolliklar o‘yinchi uchun 30 million yevro talab qilishayotgan edi.

Gutyerres o‘tgan yozda «Jirona»dan «Napoli»ga 18 million yevro evaziga o‘tgan edi. Madridning «Real» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan futbolchi o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 1 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Gutyerres sotilgandan so‘ng «Napoli» transfer bozorida faolroq harakat qilishi kutilmoqda. Neapol klubining asosiy nishoni «Chelsi» himoyachisi Benua Badyashil bo‘lib turibdi.

Kiritildi: 21:17, 31.07.2026.
O'qildi: 1133 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик