«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodriga nafaqat Madridning «Real» klubi, balki «Barselona» ham qiziqish bildirmoqda.
Cadena SER nashrining ta’kidlashicha, «ko‘k-anorranglilar» «shaharliklar» yulduzini o‘z saflariga jalb etishni juda ham xohlashmoqda. Biroq, xavbek hozircha bunga ijobiy javob bergani yo‘q – u kataloniyaliklarga rozilik bildirmadi. 30 yoshli futbolchi uchun kechayotgan kurashda «qaymoqranglilar» hamon peshqadamlik qilishmoqda.
Avvalroq ko‘plab manbalar Rodrining faoliyatini aynan «Real»da davom ettirish istagi borligi haqida xabar bergan edi. Madrid grandi allaqachon transfer bo‘yicha ish olib bormoqda.
Rodrining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi. Angliyaga ko‘chib o‘tishdan oldin futbolchi o‘z vatanida «Atletiko» sharafini himoya qilgan.













