Italiya terma jamoasining sobiq a’zosi Klaudio Markizio o‘zining eng sevimli futbolchisini ma’lum qildi. «Zenit» va «Yuventus»ning sobiq yarim himoyachisi «Real Madrid» a’zosi Jud Bellingemni alohida e’tirof etdi.
«Jud Bellingem — mening eng sevimli futbolchim», — deya Markizio so‘zlarini keltiradi The Touchline.
Ma’lumki, Jud Bellingem 2023 yilning yozidan beri «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida angliyalik yarim himoyachi «qaymoqranglilar» safida 140 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 46 ta gol urgan va jamoadoshlariga 33 ta golli uzatma oshirgan.
Klaudio Markizio esa faoliyati davomida «Yuventus», «Empoli» (ijara) va Sankt-Peterburgning «Zenit» klublarida to‘p surgan.













