«Real» «Vilyarreal» himoyachisi Renato Veygani kuzatib bormoqda, deb da’vo qilmoqda Marca.
22 yoshli futbolchi Jahon chempionatida Portugaliya terma jamoasi safidagi yaxshi o‘yinidan so‘ng Madrid klubining short-listidan o‘rin oldi. «Real»ga transfer madridliklarning Raul Asensioni sota olishi yoki ololmasligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Portugaliyalik futbolchining «Vilyarreal» bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Veygani 30 million yevroga baholamoqda.
O‘tgan mavsumda himoyachi Ispaniya chempionatida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta sariq va 1 ta qizil kartochka olgan.













