«Milan» va boshqa jamoalarning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello Franko Barezining vafoti haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Rossoneri»ning sobiq himoyachisi 66 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
«Yig‘lagim kelmoqda. Keling, uning xotirasi uchun unga «Oltin to‘p» mukofotini beraylik.
Franko fantastik yig‘it edi. U shu darajaga yetishish uchun juda qattiq mehnat qilgan, «Milan»da o‘ynash uchun kelgan har bir futbolchi uchun haqiqiy timsol edi. Uning qanday mashg‘ulot o‘tkazishini, o‘zini tutishini, har doim yonda ekanini ko‘rish hamda maydonda va undan tashqarida qilayotgan barcha narsalarini anglash boshqa futbolchilarning o‘sishi uchun juda muhim edi», — dedi Kapello.













