«Napoli» prezidenti Aurelio De Laurentis klubdagi faoliyati davomida hali amalga oshira olmagan asosiy maqsadi haqida gapirib berdi.
«Futboldagi 22 yil davomida men nima sodir bo‘lishini hamisha to‘g‘ri oldindan ko‘ra bildim. Barchasi mukammal bo‘lishi uchun faqat Chempionlar Ligasidagi g‘alaba yetishmayapti. Maks Allegri bizga ushbu sovrinni olib kela olishini ko‘ramiz.
Har doim maksimal maqsadlarga intilish kerak. Ayniqsa, ketishma-ket 16 mavsum davomida yevrokuboklarda o‘ynagan yagona Italiya jamoasi — «Napoli»ni ifoda etayotgan bo‘lsang. Bu 22 yillik muvaffaqiyatli davr bo‘ldi va bu tarixni faqat Chempionlar Ligasidagi g‘alaba bilan yakunlash mumkin», — dedi De Laurentis RAIga bergan intervyusida.













