Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon 0-0 Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro 2-1 Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

Suaresning goli va assisti «Inter Mayami»ga g‘alaba keltirmadi, Kazemiro avtogol muallifi bo‘ldi (videosharh)

Suaresning goli va assisti «Inter Mayami»ga g‘alaba keltirmadi, Kazemiro avtogol muallifi bo‘ldi (videosharh)

Baho:
+ | -

MLSning 2026 yilgi mavsumi doirasida «Inter Mayami» o‘z maydonida «Kolambus Kryu»ni qabul qildi. «Nu Stedium»da bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 16-daqiqasida Luis Suares Yannik Braytning uzatmasidan keyin hisobni ochdi. Biroq birinchi bo‘limda mehmonlar hisobni tenglashtirishdi. «Inter Mayami»ning yangi futbolchisi Kazemiro o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi. Bu uning yangi jamoa safidagi ilk uchrashuvi edi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Noa Allen Suaresning assistidan so‘ng mezbonlarni yana oldinga olib chiqdi.

84-daqiqada esa «Kolambus Kryu»ning yangi a’zosi, sobiq «Real Sosyedad» yarim himoyachisi Brays Mendes hisobni yana tenglashtirdi.

Shuningdek, Argentina terma jamoasi futbolchilari Rodrigo De Paul va Lionel Messi jahon chempionatidan keyingi rejalashtirilgan ta’til sabab o‘tkazib yuborgan bir necha uchrashuvdan so‘ng ilk bor maydonga qaytishdi. Ular bu safar gol yoki assist qayd eta olishmadi.

De Paul uchrashuvni to‘liq o‘tkazgan bo‘lsa, Messi 53-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.

Bu natijadan keyin «Inter Mayami»ning MLSdagi olti o‘yinlik g‘alabali seriyasi o‘z nihoyasiga yetdi. Jamoa 18 ta o‘yindan so‘ng 38 ochko bilan Sharqiy konferensiyada ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. «Kolambus Kryu» esa 18 ochko bilan 11-pog‘onadan joy olgan.

MLS. 2 avgust

«Inter Mayami» — «Kolambus Kryu» — 2:2

Gollar:

  • 1:0 — Luis Suares, 16

  • 1:1 — Kazemiro (avtogol), 34

  • 2:1 — Noa Allen, 45+5

  • 2:2 — Brays Mendes, 84

Manba: championat.com
Kiritildi: 11:50, 02.08.2026.
O'qildi: 799 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик