Kirish Ro'yxatdan o'tish

Vlaxovich Turkiyadan tushgan millionlarni rad etdi

Vlaxovich Turkiyadan tushgan millionlarni rad etdi

Baho:
+ | -

«Yuventus»ni erkin agent maqomida tark etgan hujumchi Dushan Vlaxovich «Barselona»ga o‘tish istagi sabab «Beshiktosh» taklifini rad etdi. Sport.es nashri xabariga ko‘ra, Istanbul klubi forvardga yiliga 8 million yevro maosh va 5 million yevro miqdorida shartnoma bonusi ko‘zda tutilgan ikki yillik bitim taklif qilishga tayyor edi.

Manba beradigan ma’lumotlarga ko‘ra, Vlaxovichning vakillari transfer oynasi boshida uning xizmatlarini «Barselona»ga taklif qilishgan, biroq uning moliyaviy talablari klub tomonidan juda yuqori deb baholangan edi. Vaqt o‘tishi bilan Dushan «Barselona» uchun o‘z talablarini pasaytirib, klubning moliyaviy imkoniyatlariga mos keladigan maoshga rozi bo‘ldi, ammo endi u kutishga majbur.

Hozirgi vaqtda uning ismi klub tomonidan kuzatilayotgan nomzodlar ro‘yxatida bor, ammo hech qanday kelishuvga erishilmagan va Kataloniya klubi yaqin orada aniq qadam tashlashi amrimahol. Klub rahbariyati uning yuqori saviyali hujumchi ekanini tan olsa-da, futbolchining so‘nggi paytlardagi sog‘lig‘idagi muammolari va o‘yin uslubi bir qator xavotirlarni keltirib chiqarmoqda.

Kiritildi: 16:39, 02.08.2026.
O'qildi: 1234 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик