«PSJ» a’zosi Dezire Duening akasi, «Strasburg» himoyachisi Gela Due Parij klubining e’tiboriga tushdi. L’Équipe xabariga ko‘ra, «PSJ» 23 yoshli Kot-d’Ivuar terma jamoasi a’zosini Ashraf Hakimiga o‘rinbosar sifatida ko‘rmaqda. Ammo hozircha muzokaralarda jiddiy siljish yo‘q.
Gela Due — «Renn» akademiyasi tarbiyalanuvchisi. U ikki yil oldin «Strasburg»ga o‘tib, tezda jamoaning asosiy o‘yinchisiga aylangan. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
So‘nggi mavsumlarda u deyarli hamisha asosiy tarkibda maydonga tushgan — 68 ta o‘yinning 63 tasida o‘ynab, 3 ta gol urgan va 9 ta golli uzatma bergan. Transfermarkt uni 20 million yevroga baholamoqda.













